23 iyu 13:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer Makgregorga qarshi jangga tayyorgarlikni boshladi
Faoliyatini engilmas bokschi sifatida yakunlagan amerikalik Floyd Meyvezer aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni Konor Makgregorga qarshi o'tkaziladigan jangiga tayyorgarlikni boshladi.
Meyvezer Los-Anjeles shahrida kamera va jurnalistlar qarshisida 4 soatlik mashg'ulotini o'tkazdi. Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o'rtasidagi boks qoidalari asosidagi jang 26 avgust kuni Las-Vegas (AQSH) shahrida bo'lib o'tadi.
Ayni paytda jang uchun chiqarilgan chiptalar sotilyapti. Eng qimmat chiptaning narxi 90 000 dollarni tashkil qiladi. Jang natijasidan qatiy nazar har ikki sportchi 100 million dollardan gonorarga ega bo'ladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar