24 avg 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer o'zining g'alabasiga 5 million dollar tikmoqchi
Amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer o'zining Konor Makgregorga qarshi o'tkazadigan jangida g'alaba qozonishiga ishonyapti.
Meyvezer 26 avgust kuni o'tkaziladigan jangdagi g'alabasi uchun totalizatorga 5 million AQSH dollari tikmoqchi. Las-Vegasdagi kazinolarda Meyvezerning g'alabasi uchun 1,27 koefficient berilyapti.
Bukmekerlar Makgregorning g'alabasi uchun 3,7 koefficienti ko'rinishidagi stavkalarni qabul qilishyapti. Natija qanday bo'lishidan qatiy nazar har ikki sportchi 100 million dollar gonorarga ega bo'lishadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar