20 avg 12:43
Yangiliklar
![](/upload/storage/81985_220.jpg)
Meyvezer Pakyaoga qarshi revansh jangi haqida qatiy fikr bildirdi
Kuni kecha Pakyao - Meyvezer o'rtasidagi revansh jangining Saudiya Arabistonida o'tkazilishi mumkinligi haqidagi xabar dunyoning ko'zga ko'ringan ommaviy axborot vositalarida elon qilingan edi.
Albatta, bu xabar o'z-o'zidan tarqagani yo'q. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Meyvezerning Yaqin SHarqdagi sarmoyadorlar bilan uchrashgani va unda Pakyaoga qarshi ikkinchi jangning Saudiya Arabistonida o'tkazilishi muhokama qilingani haqidagi video tarqalgandi.
Lekin Floyd malumotni keskin rad etib, bu video eski ekanligi va hech qanday Pakyao bilan revansh jangiga aloqasi yo'qligini aytdi.
"Saudiya Arabistoniga ancha oldin borgandim", - deydi Meyvezer Fighthype nashriga bergan intervyusida. - Ha, men ular bilan Saudiyada o'z janglarimni o'tkazish masalasida gaplashganman. Lekin bu Pakyaoga qarshi o'tkaziladigan jang emasdi. Keyin suhbatimiz faqat boks janglari emas, balki, turli ko'ngilochar dasturlar haqida borgandi".
Fikrlar