08 iyu 16:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer va MakGregor 4 kun ichida 3 ta mamlakatga tashrif buyuradi
Floyd Meyvezer va Konor MakGregorlar o'rtasidagi jangga atab tashkil qilinadigan matbuot anjumanlari ro'yxati elon qilindi.
Ikki sportchi 4 kun ichida 3 ta mamlakatga borishi lozim bo'ladi.
Konor va Floydning ilk uchrashuvi Los-Anjelesda bo'lib o'tadi. Keyingi manzil esa Kanada bo'ladi. Ertasi kuni Nyu-Yorkka boradigan sportchilar, media-tur doirasidagi so'nggi kunda Londondagi matbuot anjumanida qatnashadilar.
11 iyul – Los-Anjeles (Kaliforniya, AQSH)
12 iyul – Toronto (Kanada)
13 iyul – Nyu-York (Nyu-York, AQSH)
14 iyul – London (Britaniya)
Havola :
Manba : twitter.com/ufc
Fikrlar