13 iyu 17:19
Yangiliklar
Meyvezer va MakGregor ishtirokidagi ikkinchi matbuot anjumanida nimalar bo'ldi?
Kecha birinchi matbuot anjumani Los-Anjelesda bo'lib o'tgandi.
Oldinda yana ikkita: Nyu-York va Londonda bo'lib o'tadigan mana shunday shou kechasi kutib turibdi.
Ikkala sportchi ham anjuman davomida shou tashkil qilib berishdi. Irlandiyalik sportchi esa hattoki muxlislari orqali Meyvezerni haqorat qilishga ham muvaffaq bo'ldi.
Bundan tashqari MakGregor amerikalik bokschini 12 yoshli bolaga
tenglashtirib, uni ustidan kuldi: "Meyvezer, 40 yoshdasan. Yoshingga mos
kiyinib yursangchi", - deydi u.
O'z o'rnida, Floyd ham bo'sh kelgani yo'q: "Agar sen g'alabangga shunchalik ishonayotgan bo'lsang, o'z gonorarlaringni o'rtaga qo'y".
Keyin esa Meyvezer MakGregorga Irlandiya bayrog'ini berdi.
So'ngra, Los-Anjelesda bo'lganidek "ko'z o'rishtirish" marosimi bo'lib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang 26 avgust kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Har ikkala sportchi ham ushbu ishtiroki uchun 100 million dollardan gonorar olishi belgilab qo'yilga.
Fikrlar