09 iyu 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezerning soliq to'lashga puli yo'q, u MakGregorga qarshi jangdan so'ng davlatga pul to'lamoqchi
Dunyoning eng ko'p gonorar ishlovchi sportchilaridan biri Floyd Meyvezerning AQSH hukumatidan qarzi bor.
Bokschining malum qilishicha, unda ayni paytda pul bor. Ammo, to'lovlarning naqd qismini to'lash uchun pul etmayapti. U AQSH soliq sudiga qarzlarni to'lash muddatini ozgina uzaytirish uchun so'rov berdi. Uning arizasida "60 kun ichida muhim tadbiri bor ekanligi, ana shundan so'nggina u qarzini to'lay olishi" haqida malum qilgan.
Gap uning 26 avgust kuni Konor MakGregorga qarshi bo'lib o'tadigan jangi haqida ketmoqda.
Takidlab o'tish lozimki, Floydda 2001 yildan beri soliqlar bo'yicha muammolar bo'lib keladi.
Havola :
Manba : Boxingscene
O’xshash yangiliklar
14:09
Meyvezerni qimmatbaho soatlarni o'g'irlashda ayblashmoqda. Jazo 20 yilgacha qamoq bo'lishi mumkin! 0
Fikrlar