19 iyu 12:32
Yangiliklar
Futbol

"Milan" PSJ futbolchisiga davogarlik qilmoqda
"Milan" rahbariyati PSJ hujumchisi Gonsalu Ramushning ehtimoliy transferi bo'yicha uning agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Milanliklar 24 yoshli Portugaliya terma jamoasi azosining transferi uchun 30 million evro to'lashi mumkin.
Hujumchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.
Ramush 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Fikrlar