15 mar 12:40
Yangiliklar
Voleybol
Millatlar Ligasi o'yinlari ham nomalum muddatga qoldirildi
SHveycariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Voleybol Federaciyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda COVID-19 tarqalishi tasiridan kelib chiqib, inson salomatligini himoya qilish maqsadida voleybol bo'yicha bu yilgi Millatlar Ligasining o'tkazilish sanasini vaqtincha o'zgartirish qarori qabul qilindi.
Erkaklar o'rtasida Millatlar Ligasining dastlabki saralash bosqichi 22 maydan 21 iyungacha, final bahslari 1-5 iyulda o'tishi rejalashtirilgan edi. Ayollarning saralash uchrashuvlari 19 maydan 21 iyungacha, final esa erkaklarniki bilan bir vaqtda bo'lishi belgilab qo'yilgandi.
Xalqaro Voleybol Federaciyasi yig'ilish yakunida Millatlar Ligasining o'tkazilish vaqtini katta ehtimol bilan Tokio-2020 o'yinlaridan keyin elon qilinishini malum qildi.
Ilyosbek Mahmudov tayyorladi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar