So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

02 noy 14:33
Yangiliklar

Boks/MMA, Taekvondo

Milliy gvardiyachilar sportda faol

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari, xodimlari va “Dinamo” JTSJ sportchilari nafaqat mamlakat miqyosidagi, balki xalqaro maydonlardagi musobaqalarda munosib ishtirok etib, g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olmoqda.

Bugungi kunda xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishni o'zining asosiy maqsadi, deb bilgan va bu yo'lda tinimsiz mehnat qilib, jismonan va ruhan toblangan harbiy sportchilarimizning nufuzli musobaqalardagi yutuqlari barchamizga faxr-iftixor bag'ishlaydi.

Mamlakatimizda Milliy gvardiya tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli jamiyat xavfsizligini taminlash bo'yicha har tomonlama sog'lom, chuqur bilimga ega yigitlar safi kengaymoqda. Bu jarayonda “Dinamo” JTSJ yuksak salohiyatli va istedodli harbiy sportchilarni tarbiyalaydigan hayot va jasorat maktabi vazifasini o'tayapti.

Buning samarasida, harbiy sportchilarimiz dunyoning eng nufuzli musobaqalarida mamlakat sharafini yanada yuksaltirmoqda.

Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida 6-22 sentyabr kunlari bo'lib o'tgan boks bo'yicha jahon chempionatida 80 ga yaqin mamlakatdan kelgan 362 bokschi o'rtasida o'zbek o'g'lonlari 3 oltin, 1 kumush va 1 bronza medal jamg'arib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.

Mazkur chempionatda Milliy gvardiya xizmatchisi Bahodir Jalolov oltin medal bilan taqdirlandi va chempionatning “Eng yaxshi bokschisi“ deb topildi, Bobo-Usmon Botirov esa bronza medalga sazovor bo'ldi.

SHuningdek, 16-25 oktyabr kunlari SHanxay shahrida (Xitoy) sportning ushu turi bo'yicha o'tgan jahon chempionatida dunyoning 100 ta mamlakatidan 600 dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Unda O'zbekiston terma jamoasi 3 bronza medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, shular qatorida Milliy gvardiya sportchisi Darya Latisheva qilich bilan taolu yo'nalishi bo'yicha bronza medalga sazovor bo'ldi.

Har bir sportchi xalqaro maydondagi yutuqlarni qo'lga kiritishida mamlakat miqyosidagi musobaqalarda orttirgan tajribasi katta ahamiyat kasb etadi. SHu sababli ham Milliy gvardiya tarkibidagi sportchilar O'zbekiston chempionatida ham faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, 23-29 oktyabr kunlari poytaxtimizning O'zbekiston taekvondo (WT) associaciyasiga qarashli “Universal” sport saroyida boks bo'yicha 10 vazn toifasida kattalar o'rtasida mamlakat birinchiligida harbiy sportchilar ham munosib ishtirok etdi. Unda Jahongir Rahmonov, SHuhrat Abdullaev o'z vazn toifasida barcha raqiblarini mag'lub etib, faxrli birinchi o'rindan joy oldi.

CHempionatda istedodli Mirzohid Abdullaev kumush, Saidazimxon Mamadaminov esa bronza medal bilan taqdirlandi.

SHuningdek, kuni kecha Toshkent viloyati CHirchiq shahrining “Universal” sport saroyida o'tkazilgan K-1 sport turi bo'yicha xalqaro ochiq turnirda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar Qo'riqlash boshqarmasi xodimi Jahongir Qodirov o'z vazn toifasida tengsiz ekanini isbotladi.

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy sportchilariga sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bunga javoban esa sportchilar Osiyo va jahon chempionatlari, Olimpiya o'yinlarida doimo g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olib kelmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing