31 may 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Mineev Minskdagi turnirda vatandoshini nokautga uchratdi + VIDEO
Belarus poytaxti Minsk shahrida aralash yakkakurash bo'yicha MMA oqshomi bo'lib o'tdi.
Leon Warriors turnirining markaziy jangida rossiyalik sportchilar - Vladimir Mineev va Artur Pronin o'zaro to'qnash kelishdi. Jang birinchi raundning o'zida yakunlandi. Raund o'rtalarida Vladimir raqibini o'ng tomondan bergan kuchli apperkot zarbasi evaziga "toza" nokautga uchratdi.
Malumot uchun, o'rta vazn toifasi vakili bo'lgan Mineev bundan avvalgi jangini 2019 yilning sentyabr oyida Diego Diasga qarshi o'tkazib, g'alabaga erishgan edi. Vladimirning g'alabalari soni 14 taga etdi. Uning hisobida bitta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : Sport Express
Fikrlar