So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

04 okt 18:25
Yangiliklar

Futbol

Mirjalol Qosimov: "To'ydan oldin nog'ora chalib bo'lmaydi. Hammasi Lyovdan boshlandi"

Teglar :  Mirjalol Qosimov
MTJ sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov keng muhokama qilinayotgan Fabio Kannavaro mavzusi bo'yicha izoh berdi.

- Mirjalol Qo'shoqovich, OAVda tarqalgan xabarlarga ko'ra, O'FA Fabio Kannavaroni MTJga bosh murabbiy etib tayinlamoqchi. Ushbu qaror bo'yicha fikr bildirib o'tsangiz?

- Associaciya rahbarlari barchasini hisobga olib taklif qilishayotgandir. Qanday natija berishini esa mundialdan so'ng bilamiz. To'ydan oldin nog'ora chalib bo'lmaydi deyishadi-ku. Terma jamoaga omad. OAV orqali o'qidim, Kapadze ham murabbiylar shtabida qolar ekan. Kapadzening qolishi ham ancha katta foyda bo'ladi.

- Ko'pchilik jurnalistlar ushbu qarorga salbiy fikr bildirmoqda. Bunga sabab Kannavaroning murabbiylik faoliyatida barqarorlik yo'qligi. Ko'plab klublarda ishlagan, ammo juda qisqa vaqt davomida. Ushbu jihatlarni hisobga olgan holda terma jamoaga Kannavaroni olib kelish xavfli emasmi?

- Aytyapman-ku, mutasaddilar ushbu jihatlarni ko'rib chiqishgan. Bunday qarorlar o'zidan-o'zi paydo bo'lib qolmaydi. Ko'pchilikning fikri ham bo'lindi. Kimdir top murabbiyni xohladi, kimdir esa yo'q. Hammasi Yoaxim Lyovdan boshlandiku. Oldindan bir narsa deb bo'lmaydi. Yakuniy bahoni jahon chempionatidan so'ng beramiz. Ertaga natija ko'rsatib qo'yishimiz ham mumkin. Agar guruhdan chiqib, yaxshi ishtirok eta olsak, bu to'g'ri qaror bo'lgan ekan deb qolamiz. Futbolda hech narsani oldindan bilib bo'lmaydi.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing