24 mar 10:25
Yangiliklar
Tennis

Mirra Andreeva Mayami turniridagi ishtirokini yakunladi
AQSHning Mayami shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 8,9 million AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqaning to'rtinchi davrasida dunyoning oltinchi raketkasi bo'lib turgan Mirra Andreevani mag'lub etishdi. Rossiyalik 17 yoshli Mirra asli kelib chiqishi rossiyalik, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Amanda Anisimovaga 6:7 (5:7), 6:2, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikki soatu 51 daqiqa davom etgan bahsda Andreeva 8, Anisimova 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Amanda keyingi davrada britaniyalik Emma Radukanuga qarshi kortga chiqadi. 29 mart kuni yakuniga etadigan turnirning amaldagi chempioni amerikalik Daniel Kollinz hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar