So’nggi yangiliklar

14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0

17 fev 10:32
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Misha Ge: “Ishtirokimdan mamnunman, lekin jahon chempionatidagi natijam bundan ham yaxshi bo'ladi”

Hozirgina Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida davom etayotgan Qishki olimpiya o'yinlarining figurali uchish bahslari yakunlandi.

Unda hamyurtimiz Misha Ge ham chiqish qildi. Bugungi erkin dasturdan so'ng hamyurtimiz Qishki Olimpiadadagi ishtiroki yuzasidan bizga intervyu berdi.

- Misha, Olimpiadadagi ishtirokingizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Umumiy olganda ko'nglim to'ldi. Lekin natija bundan ham yaxshiroq bo'lishi kerak edi. Yo'l qo'ygan xatolarim o'zimga ayon. Endi xatolarsiz ishtirok bo'lmaydi. Qisqa dasturda 14-o'rinni egalladim. O'ylashimcha, yomon emas. Endi bor etiborimni ikki haftadan szng boshlanadigan jahon chempionatiga qarataman. Xatolarim ustida ishlab, natijamni Olimpiadadan ko'ra yaxshiroq bo'lishiga harakat qilaman.


- Keyingi Olimpiadachi?

- To'rt yildan so'ng umuman boshqacha vaziyat bo'ladi. Balki, murabbiy yoki xoreograf, balki tashkilotchi bo'larman. Hali bu borada bir to'xtamga kelmadim. Jahon chempionatidan so'ng bu haqda o'ylab ko'raman. Hozir bor etiborimni jahon chempionati tayyorgarligiga qarataman.



- Yaqin kelajakda figurali uchish bo'yicha qaysi o'zbekistonlik sportchiga umid bog'lasak bo'ladi?

- Bugungi kunda figurali uchish bilan ko'plab yoshlar shug'ullanishyapti. Lekin ularning xalqaro maydonda o'sishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish kerak.


- Yosh Elizabeta Tursunboevaning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Uning potenicali yuqori. Lekin uning ishtirokini ko'rmaganimga ancha bo'ldi. Hozirgi jismoniy holati qanday, jarohati bormi, agar bo'lsa musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish uchun halal bermayaptimi? Bu narsalarni bilmayman. Ammo, hamma qatori men ham Elizabetaning xalqaro musobaqalarda yuqori marralarni zabt etishiga ishonaman.

Miron Goyxman championat.asia va olamsport.com saytlari uchun Pxyonchxandan maxsus tayyorladi

Olimpiada-2018. Figurali uchish bahslarida Misha Ge erkin dasturda chiqish qildi


Misha Gening chiqishidan FOTOGALEREYA

Reyting: -2   

Fikrlar

   
17 fev 12:33:50
SarvarPARKENTLIK 2706
Per de Kubertenning Olimpiadada muxumi ishtirok degan gaplari ösha 1910 yillarda qolib ketgan Misha Ge janoblari. Keyingi jch.ga ham shu niyatda borsangiz albatta shomo uno, xavier fernandez kabi medalla ololmisiz
   
17 fev 12:28:35
SarvarPARKENTLIK 2706
17 örindan könglim töldi degan sportchi hali beri olimpiadada medal ololmasa kerak. Mayli agar Uzb. Sportchi bo'lsa ham....
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing