So’nggi yangiliklar

11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0

05 jan 11:51
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Misr 2036 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilmoqchi

Teglar :  MisrOlimpiada
Qora qitaning tarixiy mamlakatlaridan biri Misr 2036 yil bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish niyatida.

Bu haqida mamlakat sport vaziri Ashraf Sobhi malum qilgan.

Sobhining takidlashicha, Misr bu borada Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga rasmiy xat jo'natishga tayyor. Qayd etish joiz, XOQ prezidenti Tomas Bax Afrika mamlakatlarining bunday tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashi haqida gapirib o'tgan. Boisi hozirgacha faqatgina ushbu qita hech qachon Olimpiya o'yinlarini qabul qilmagan.

Hozirda Qohiradan 45 km uzoqlikda “Misrning Xalqaro Olimpiya shaharchasi” nomli yirik sport kompleks qurilishi olib borilmoqda. U erda Olimpiya shaharchasi va 90 ming o'rinli asosiy marosimlar o'tkaziladigan bosh stadion, suzish havzasi va tennis kortlari kabi sport inshootlar qad rostlaydi.

Hozirgacha Misrdan tashqari Hindiston, Rossiya, Ukraina, Turkiya, Ispaniya ham 2036 yilgi Olimpiadani qabul qilish niyatida ekanini bildirgan.

Afrika davlatlari orasida so'nggi bor Keyptaun 2004 yilgi Olimpiadani qabul qilish uchun kurash olib borgan. Malumki, yakunda mezbonlik Afina shahriga berilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing