17 jan 10:31
Yangiliklar
Futbol
Mixail Mudrik: "Ronaldu - mening kumirim"
"CHelsi" yarim himoyachisi Mixail Mudrik kimni o'zining kumiri deb bilishi haqida gapirdi, shuningdek, bo'ynidagi tatuirovkaning manosini ham tushuntirdi.
"Mening kumirim Ronaldu. Menga uning mentaliteti yoqadi.
Bo'ynimdagi tatuirovka nimani anglatadi? Futbolchiga faqatgina iqtidor etarli emas, shu bois tatuirovka mashaqqatli mehnat qilish lozimligini anglatadi. SHu bois men bu erga keldim. APL juda kuchli liga. Bu erdagi har bir uchrashuv qiyin ruhda o'tadi. Maydonga tushishni intiqlik bilan kutyapman", - dedi Mudrik.
Eslatib o'tamiz, London klubi ukrainalik futbolchi uchun 70 mln evro sarfladi. Bonuslar bilan esa bu summa 100 mln evroga etishi mumkin.
Havola :
Fikrlar