17 iyu 14:17
Yangiliklar
Futbol

MLS. "Inter Mayami" mag'lubiyatga uchradi, Messining golli seriyasi yakunlandi
MLSning navbatdagi turida "Cincinnati" o'z maydonida "Inter Mayami"ni qabul qildi va 3:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.
Uchrashuv "Ti-Kyu-El Stedium"da bo'lib o'tdi. G'olib jamoa safida Xerardo Valensuela va Evander (ikkita gol) hisobga kiritdi. "Inter Mayami" safida Lionel Messi va Luis Suares asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq jamoa bu safar gol ura olmadi.
Mazkur mag'lubiyat "Inter Mayami" uchun MLSdagi beshta ketma-ket g'alabadan keyingi ilk yutqazish bo'ldi. "Cincinnati" esa so'nggi olti o'yinda beshinchi marta g'alaba qozondi.
Keyingi turda 20 iyul kuni "Inter Mayami" "Nyu-York Red Bullz" bilan, "Cincinnati" esa "Real Solt-Leyk"ga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar