08 avg 11:15
Yangiliklar

Mojaro davom etadi. Ter SHtegen "Barselona" shifokorlarini uyiga kiritishdan bosh tortmoqda
Kataloniyaga qaytgandan so'ng, "Barselona" shifokorlari ter SHtegenning shaxsiy uyiga tashrif buyurishni va uning tiklanish jarayonini shaxsan tekshirish istagini bildirganida, darvozabon qatiyan rad etgan. U hech qanday holatda klub shifokorlariga sog'lig'ini tekshirish uchun uyiga tashrif buyurishiga ruxsat bermasligini aniq aytdi.
Avvalroq, kataloniyaliklar intizomiy ish yuzasidan nemis futbolchisi sardorlik bog'ichidan mahrum qilinganini rasman elon qilgandi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" nemis darvozaboni 4 oyga safdan chiqqani uchun uning o'rniga yangi darvozabon Joan Garsiyani ro'yxatdan o'tkazishni reja qilgandi. Ammo 33 yoshli darvozabon bundan bosh tortdi va o'z o'rnini bermaslikka qaror qilgandi.
Fikrlar