12 apr 16:39
Yangiliklar
Tennis
Monte-Carlo Masters. Rune 3,5 soatlik bahsda 2 ta matchboldan chiqib ketdi
Tennis bo'yicha Monte-Karlo "Masters" turnirida chorak final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning ettinchi raketkasi Xolger Rune uchinchi davrada qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. Daniyalik tennischi 3,5 soat davom etgan uchrashuvda ATP reytingida o'zidan ikki pog'ona quyida borayotgan bolgariyalik Grigor Dimitrovni mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(9), 3/6, 7/6(2).
Xolger tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 2:2. Ikkala tennischi ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Dimitrovda bittaga ko'proq bo'ldi - 3 ga 4.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar