08 apr 11:03
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Monte-Karlo "Masters". Medvedev rus derbisida Xachanovni mag'lub etdi
Monte-Karlo Knyazligida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda. 
			Dunyoning 11-raketkasi Daniil Medvedev ilk davrada reytingning 25-pog'onasida borayotgan vatandoshi Karen Xachanovga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 51 daqiqa davom etgan rus derbisida tajribali Medvedev 7/5, 4/6, 6/4 hisobida g'alaba qozondi.
Daniil Medvedev tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida katta farq bilan oldinda bormoqda - 7:2. Medvedev 4, Xachanov 1 ta ey zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik ham g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 9 ga 8. Endi u ikkinchi davrada franciyalik Aleksandr Myullerga qarshi bahs olib boradi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar