So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

06 okt 07:26
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

MOQ Bosh kotibi Buenos-Ayresda Olympism in action forumida ishtirok etdi

Argentinada o'smirlar o'rtasidagi III yozgi Olimpiya o'yinlari boshlanishiga oz fursat qoldi.

Nufuzli musobaqa oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda. 5-6 oktyabr kunlari «Olympism in action» («Olimpizm harakatda») forumi tashkil qilindi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi.

MOQ Bosh kotibi ushbu forum davomida Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy olimpiya qo'mitalari associaciyasi prezidenti SHayx Ahmad al Fahad al Sabax bilan uchrashuv o'tkazdi. Tomonlar uchrashuvda 2030 yilgi Osiyo o'yinlarini O'zbekistonda o'tkazish masalasini muhokama qilishdi. O'z navbatida al Sabax yaqin vaqt ichida O'zbekistonga tashrif buyurib, bu mavzu bo'yicha alohida uchrashuv tashkil qilinishi bo'yicha kelishuvga erishildi.

SHuningdek, Jasur Matchanov Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Prezidenti Tomas Bax bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomida O'zbekistonning XOQ forumlariga, nufuzli tadbirlariga mezbonlik qilish imkoniyatlari ham ko'rib chiqildi.

Forum dasturidan yana bir qator masalalar o'rin olgan. Jumladan, olimpizm qadriyatlari va ularning nafaqat xalqaro, balki milliy va global miqyosdagi o'rni haqida, shuningdek, doping masalalari, o'smirlar Olimpiya o'yinlarining tashkiliy masalalari borasida ham fikr almashildi.

Ushbu forum shubhasiz sport tashkilotlari vakillari uchun yangi g'oyalar va loyihalar bo'yicha fikr almashish uchun haqiqiy tajriba maydoni bo'lib xizmat qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing