02 iyu 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Moskvada karantindan keyingi ilk boks kechasi o'tkaziladi
15 iyun kuni Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida karantindan keyingi ilk boks kechasi o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangida rossiyalik Xariton Agrba hamyurti Aleksandr Podolskiyga qarshi ringga ko'tariladi. Jang birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA International kamari uchun kechadi.
SHuningdek, 15 iyungi boks kechasida 2015 yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori Pavel Silyagin ham ringga chiqadi. Hozircha uning raqibi aniq emas. Bu Silyagin uchun professional ringdagi ikkinchi jang bo'ladi. Boks kechasiga muxlislar kiritilmaydi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar