So’nggi yangiliklar

20:33Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионатида бир қанча россиялик спортчилар иштирок этиб, ғолиб ва совриндор бўлишмоқда 0 18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0

28 iyu 15:04
Yangiliklar

Xokkey

"Moskvalik o'zbek" Evgeniy Popixin: "Maqsadimiz - har bir o'yinda g'alaba qozonish"

Teglar :  HumoEvgeniy Popixin
Dastlabki mavsumda "Humo"ni boshqargan Evgeniy Popixin yana Toshkentga qaytganidan xabaringiz bor.

Tajribali mutaxassis yangi mavsumda ham jamoamizni boshqaradi. 

Murabbiy intervyusi davomida Toshkentga qaytishi, yangi mavsum rejalari va boshqa masalalar haqida gapirdi.  

- Qaytganingizdan so'ng Toshkent va "Humo Arena"da o'zgarishlar bo'libdimi? 

- Toshkent yoqimli tarzda meni hayron qoldirdi. Ko'zga tashlangan ilk narsa - jahon darajasidagi sifatli yo'llar va albatta katta qurilishlar. SHahar shundoq ham chiroyli edi, hozir esa yanayam ajoyib bo'libdi. "Humo Arena" men uchun omadli hisoblanadi. SHuning uchun bu erga qaytganimdan xursandman. Eski tanishlarni ko'rdim va xursand bo'ldim. 

- Ishni sog'indingizmi? Ajoyib mavsumdan so'ng bir yil davomida ishlamadingiz...

- Albatta sog'indim. Butun umrim xokkeyda o'tgan - o'ynaganman, ishlayapman. Men uchun xokkey umrimning katta qismidir. Oilam ham bunga yaxshi munosabatda. Ha, bir mavsum oldin biz Novokuzneckning "Metallurg" jamoasi bilan Petrov Kubogi finaliga chiqdik. Bu klub tarixida birinchi marotaba bo'ldi, mavsum omadli o'tgandi. Novokuzneckdan taklif bo'lgandi, ammo kelisha olmagandik. To'g'risini aytsam, ich-ichimdan Toshkentga yana jamoa qaytishini umid qilgandim. Gap-so'zlar bo'lgandi, lekin bu amalga oshmagandi. Bu yil nihoyat bu amalga oshdi va men bundan juda xursanman. Men uchun O'zbekistondagi xokkey katta ahamiyatga ega. Ikki-uch yil oldin bizda ajoyib jamoa bor edi. Ajoyib jamoa, lekin ilk navbatda bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlagan, bizni jangga chorlay olgan muxlislarni qayd etishni istardim. Hozir odamlarni ko'ryapman, Toshkentga xokkey qaytganidan barcha xursand. Men ham bundan juda xursandman. 

-"Humo"dagi 2019/20 yilgi mavsumni qanday eslaysiz?

-Ajoyib hislar bilan. Avvaliga qiyin bo'lgandi, chunki klub noldan tuzilgan. O'yinchilar murabbiylar shtabi talablariga ko'nikkunicha qiyinchiliklar bo'lgan. Bu har bir yangi jamoada bo'ladi. Keyn barchasi joyiga tushdi, rahbariyat yordam berdi. Eng asosiysi barchamiz birgalikda harakat qilardik. G'alaba qozonishni va yaxshi xokkey ko'rsatishni istaydigan oila shakllandi. Men barchadan minnatdorman. Albatta yana muxlislarni eslab o'tmasam bo'lmaydi. Agar bunday qo'llab-quvvatlov bo'lmaganida, natijalar ham bo'lmasdi. Neftekamskdan uchib kelganimizda bizni 200 nafarga yaqin odam kutib olganini haligacha eslayman. Buni yoddan chiqarib bo'lmaydi. Bugun mashg'ulotlar vaqtida yigitlarga bu erdagi odamlar xokkeyni yaxshi ko'rishlari va tushunishlari haqida gapirdim. Buni qadrlash va hurmat qilish kerak. Toshkentda xokkey bilan bog'liq yangi ananalar paydo bo'ldi - odamlar oilasi bilan xokkeyga borishadi, bolalar xokkey bilan shug'ullanishmoqda. Toshkent doimo qalbimda. Bu erda xokkey muvaffaqiyatining bir qismi bo'lish men uchun juda muhim. 

-Yangi tarkibda "Humo"ning dastlabki tarkibidan vakillar bo'ladimi? 

-"Humo"ning Qozog'iston chempionatida ishtirok etish qarori kechroq qabul qilindi. SHuning uchun bazi qiyinchiliklar bor. Birinchi tarkibdagi bazi yigitlarda boshqa jamoalar bilan shartnoma bor, bazilari esa faoliyatini tugatishdi. SHerbina va Pepelyaev murabbiy bo'lib ishlayapti. O'shanda yigitlarga aytardim: agar yaxshi o'ynasang, natija ko'rsata olsang doimo yaxshi ish topasan. SHunday ham bo'ldi - ularni huddi qaynoq "perashkalar" kabi tanlab olishdi. Ular yaxshi shartnomaga ega bo'lishdi. Sababi oddiy: bu erga pul ishlaydigan gastrabayterlar emas, ishiga yuragini bergan odamlar kelgandi. SHuning uchun bu erda ularni hurmat qilishadi. Birinchi tarkibdan darvozabon Roman Smiryagin keldi. Afsona. Javohir Rasulov shug'ullanmoqda. Balki eskilardan yana kimlardir kelishi mumkin. Umuman, jamoa yangi bo'ladi, ko'proq yoshlarga etibor qaratiladi. Yana shuni aytishni istardimki, birinchi tarkibdagi yigitlar ajoyib, ularni ko'rishdan doimo xursand bo'laman. O'yinchilardan tashqari yana xodimlar ham bor - adminstrator Farrux Abduraimov, servismen - Yuriy Feshuk. SHunindek, xokkey federaciyasidan ham ko'pchilik ishlashda davom etayotgan ekan. 

- Jamoaning yaqin oradagi rejalari qanday? 

- Hozir Toshkentda shug'ullanyapmiz. Ko'p yigitlar ko'rikdan o'tmoqda. Menga VXLda uzoq vaqt ishlagan tajribali murabbiy Andrey Nikishov yordam bermoqda. Hozirda KXLning ko'p jamoalari bo'lib turgan Minskda yig'in tashkil etib bergani uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu yig'in bizga kerak. Ushbu yig'in davomida biz tarkibni aniqlab olishimiz kerak. Minskdan keyin esa Toshkentda bir hafta bo'lamiz. Bir hafta o'tib esa Qozog'iston kubogida ishtirok etish uchun Karagandaga ketamiz. Sentyabr oyi boshida esa Qozog'iston chempionati boshlanadi. 


- CHempionatda jamoa oldiga qanday vazifa qo'yiladi?

- Jamoaning vazifasi tushunarli, berkitadigan narsa yo'q - har bir o'yinda g'alaba qozonish, barcha o'yinda g'alaba uchun kurashish. SHunday bo'lishi ham kerak. Men doimo jamoa oldida yuqori vazifalar bo'lishi kerakligi haqida gapiraman. CHunki orzusiz, vazifasiz xech narsa amalga oshmaydi. Bizga oson bo'lmaydi, chunki jamoa deyarli noldan shakllanyapti. Ammo biz yigitlarga muntazam ravishda ular g'oyalarimizga mos kelishlari haqida gapiramiz. Bizning vazifamiz - ularni birlashtira olishdir. Bu ish jarayoni. Har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz shartligi - aksioma. Muxlislarimiz qarshisida esa bu ikki barobar oshadi. SHuni aytishni istardimki, jamoadagi yangi o'yinchilar Toshkentdagi kabi auditoriya qarshisida o'ynamagan. Birinchi mavsumdagi so'nggi o'yinlarda "Humo Arena"da 7 - 8 ming atrofida muxlis yig'ilgandi. Bu shunchaki fantastika! KXLning ham har bir jamoasi bu borada maqtana olmaydi. Umid qilamanki, muxlislar ham xokkeyni sog'inishgan va jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun kelishadi. Biz esa yaxshi o'yin va g'alabalarimiz bilan ularni xursand qilamiz. 

- Toshkentda sizning gapingizni eslashadi: siz moskvalik o'zbeksiz. Yozdagi jaziramani qanday o'tkazyapsiz? 

- Bu erga kelganimda "nima uchundir sizlarda havo sovuq" dedim. CHunki, uch yil oldin kelganimizda harorat 55 darajani tashkil etardi. Hozir esa 45 daraja. Iqlim quruq, ko'nikish bor. Endi qo'rqinchili emas. Jamoaga bo'lgan munosabat esa ajoyib. Umuman, bu erda odamlar bilan gaplashish qiziq. O'sha paytlardan ko'plab yaxshi tanishlar qolgan. Kecha masalan meni kechki ovqatga taklif qilishdi va biz o'sha mavsumni eslab, gaplashib o'tirdik. 

Men haqiqatdan ham moskvalik o'zbekman. Moskvada, Podmoskoveda bozorda yurganimda shunday gap so'zlar bo'lardi: "SalamAlaykum! "Humo" xokkey jamoasini bilasizmi?". Ko'pchilik eslaydi, narxni tushurib berishadi va eng yaxshi maxsulotlarni taklif qilishadi. Toshkentda qachon xokkey qaytishini ham albatta so'rashadi. Men esa yaqin orada deb javob berardim. Mana o'sha vaqt keldi. O'shanda men o'zbek xalqi men uchun qadrli ekanligini aytardim. Moskvada ham ular bilan aloqam uzilmagan. Agar bu erda odamlarga hurmat bilan muomala qilsang, u erda o'zingga ham shu qaytadi. SHuning uchun men bu erda o'zimni juda qulay his qilaman va bizga yordam berayotganlardan minnatdorman. O'ylaymanki, xokkey uzoq vaqt bo'lai. CHunki bu erda xokkeyni yaxshi ko'rishadi. Bizning vazifamiz esa odamlarga xursandchilik ulashishdir. Biz shuning uchun ham bu erga kelganmiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing