12 mar 16:31
Yangiliklar
Mourinyu Vinisius bilan libos almashgan "Benfika" himoyachisini tarkibdan chetlatdi
Yosh himoyachi Lopes Kabral yanvar oyida Joze Mourinyuning shaxsiy iltimosi bilan klubga qo'shilgan bo'lsa-da, kutilmaganda jamoa tarkibidan yo'qolib qoldi.
"Mundo Deportivo" malumotlariga qaraganda, bu qaror "Santyago Bernabeu"da final hushtagidan keyin futbolchining Vinisius Junior bilan futbolka almashgani bilan bog'liq.
"O'zgacha" (The Special One) laqabli murabbiy ushbu holatni o'z uslubida izohlab, Kabralning harakati jinoyat emasligini, ammo bundan qochish kerakligini takidlagan. Rasman esa murabbiy futbolchining tarkibdan tushib qolishini uning jismoniy holati yomonligi bilan tushuntiryapti. Biroq Portugaliyadagi manbalar bu intizomiy jazo yoki jamoani nosog'lom muhitdan himoya qilishga qaratilgan qadam ekaniga ishonmoqda.
Fikrlar