11 iyu 18:02
Yangiliklar
Mozes Itauma Frenk Sanchesga qarshi chempionlik kamari uchun jang qilishdan bosh tortdi
Itauma Xalqaro boks federaciyasi (IBF) tomonidan tayinlangan kubalik Frenk Sanchesga qarshi chempionlik jangini qabul qilmadi.
«Frenk Sanches, Murat Gassiev va Daniel Dyubuaga qarshi janglar rejamizda bor. Bu shunchaki vaqt masalasi. Ammo hozir mening Xrgovichga qarshi jangim belgilangan, tushunishimcha, Sanchesning ham raqibi bor. O'ylaymanki, oxir-oqibat baribir barchamiz o'zaro jang qilamiz», — deydi Itauma The Ring jurnaliga bergan intervyusida.
29 avgust kuni Londonda Mozes xorvatiyalik Filip Xrgovichga qarshi ringga ko'tariladi. Endi IBF chempionlik kamari uchun Frenk Sanches kim bilan jang qilishi hozircha nomalum. Hamyurtimiz Bahodir Jalolov mazkur tashkilot reytingida oltinchi pog'onani egallab turibdi.
Fikrlar