28 okt 09:30
Yangiliklar
Mpetshi-Perrikar Bazelni zabt etdi
Musobaqa bosh sovrini dunyoning 50-raketkasi bo'lib turgan Jovanni Mpetshi-Perrikarga nasib etdi. Franciyalik iqtidor egasi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 23-o'rinni egallab turgan amerikalik Ben SHeltonni mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 7/6(4). Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Sakson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Mpetshi-Perrikar 22, SHelton 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha kichik ustunlik (1 ga 0) chempion tomonida bo'ldi.
SHu tariqa, Mpetshi-Perrikar faoliyatidagi ikkinchi ATP turniri chempionligini (birinchi shu yil may oyida Lionda bo'lgandi) qo'lga kiritdi. Bazeldagi bir haftalik mehnat unga 500 reyting ochkosi hamda 446,045 evro mukofot puli keltirdi. SHelton esa 330 ochko va €239,990 ishlab oldi.
Fikrlar