15 mar 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhammad Alining nabirasi Grozniyda jang qilmoqchi + FOTO
Afsonaviy Muhammad Alining nabirasi Niko Ali Uolsh CHechenistonning Grozniy shahrida jang o'tkazish istagida ekanini malum qildi.
Lekin Niko Alining asosiy maqsadi Grozniydagi bobosining nomi bilan ataluvchi prospektni ziyorat qilishdan iborat.
"Afsonaviy bobomning nomi bilan ataluvchi shoh ko'cha borligini eshitib xayratga tushdim. Bu men uchun katta sharaf. Hali Rossiyada bo'lmaganman. Grozniyda jang qilishni istayman. Jamoam bilan maslahatlashgan holda bu masalani ijobiy hal qilishga urinaman", - dedi Uolsh.
Malumot uchun, Muhammad Alining nabirasi yaqin kunlarda professional boksdagi faoliyatini boshlaydi.
Havola :
Fikrlar