07 sen 17:23
Yangiliklar
Futbol

Muhammadrasul Abdumajidov legionerga aylanmoqda
O'zbekiston U-23 terma jamoasi va "Paxtakor" klubi himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidov Evropaga ketmoqda.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, futbolchi bugun Bishkek-Istanbul-Bryusell yo'nalishida uchib ketdi. Ertaga Abdumajidov tibbiy ko'rikdan o'tadi va hammasi yaxshi bo'lsa Belgiyaning "Standard" klubi bilan shartnoma tuzadi.
"Paxtakor" klubi yozgi transfer oynasida bir yo'la ikki futbolchisini Belgiyaga sotmoqda. Yosh futbolchilarimiz arab davlatlarini emas Evropani tanlayotgani va "Paxtakor" ularni qo'llab-quvvatlayotgani quvonarli hol.
Malumot uchun, Abdumajidovning huquqlarini "Football Group" agentligi himoya qiladi. Ushbu agentlik o'zbekistonlik ko'plab futbolchilar bilan ishlaydi. Ulardan eng mashhuri Abduqodir Husanov hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar