18 sen 16:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Murod Xonto'raev ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanidan FOTOGALEREYA
Xabar berganimizdek, mashhur MMA yulduzimiz Murod Xonto'raev katta tanaffusdan so'ng yana ringga qaytmoqda.
"Osiyo ayig'i" 22 sentyabr kuni poytaxtimizdagi "O'zbekiston" sport majmuasida o'zining professional jangini o'tkazadi. Xonto'raev rossiyalik 33 yoshli MMA jangchisi Evgeniy Myakinkinga qarshi ringga chiqadi.
Malumot uchun, Evgeniy Myakinkin 14 ta jangda g'alaba qozongan. Mag'lubiyatlari soni 8 tani tashkil qiladi. Raqiblarini 4 ta jangda muddatidan avval taslim etgan. O'zi esa bir marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Bugun 22 sentyabr kungi K1 oqshomiga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Poytaxtimizdagi "O'zbekiston" mehmonxonasida o'tkazilgan marosimda sportchilar, tashkilotchilar hamda OAV xodimlari hozir bo'lishdi.
Suratlar muallifi - Jahongir Fayzullaev
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar