12 sen 17:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Murod Xonto'raevning 22 sentyabr kungi raqibi malum bo'ldi FOTO
Xabar berganimizdek, mashhur MMA yulduzimiz Murod Xonto'raev katta tanaffusdan so'ng yana ringga qaytmoqda.
"Osiyo ayig'i" 22 sentyabr kuni poytaxtimizdagi "O'zbekiston" sport majmuasida o'zining professional jangini o'tkazadi. Bugun rasman Xonto'raevning raqib malum bo'ldi. Murod rossiyalik 33 yoshli MMA jangchisi Evgeniy Myakinkinga qarshi ringga chiqadi.
Malumot uchun, Evgeniy Myakinkin 14 ta jangda g'alaba qozongan. Mag'lubiyatlari soni 8 tani tashkil qiladi. Raqiblarini 4 ta jangda muddatidan avval taslim etgan. O'zi esa bir marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar