30 mar 19:19
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev: O'z kuchiga ishongan sportchi qiyinchiliklardan zavq oladi
Tez kunlarda o'zining WBA/IBF kamarlarini yaponiyalik Ryosuke Ivasadan himoya qiladigan bokschimiz Murodjon Ahmadaliev Instagram sahifasiga mashg'ulot jarayoni aks etgan viderolik joyladi va video ostiga shunday deb yozib qoldirdi:
"Bir kunimiz ham mehnatsiz o'tmadi! Jang qachon va qaerda bo'lishidan qati nazar biz mashg'ulotlarni davom ettiraverdik. O'z kuchiga ishongan sportchi qiyinchiliklardan zavq oladi. Menga kimga qarshi jang qilishning farqi yo'q, har qanday raqibga tayyormiz. Meni duo qilib, qo'llab-quvvatlab turgan yurtdoshlarim va boks muxlislariga rahmat deb qolaman. Xudo xohlasa, 3 aprel kuni sizning ishonchingizni oqlash uchun bor kuchim bilan kurashaman", - deb yozib qoldirdi Ahmadaliev Instagramdagi sahifasi video ostiga.
Fikrlar