01 apr 18:28
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev: "Ringga chiqqandan keyin gapirgan gapiga javob berish kerak"
Tadbirdan so'ng bokschilarimiz OAV xodimlarining savollariga javob berdilar. Kechaning asosiy kardida ringga ko'tariladigan charm qo'lqop ustamiz Murodjon Ahmadaliev raqibing ustun jihati va mashg'ulotlar haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi:
"Bo'yi pastmi, balandmi, raqibni hurmat qilish kerak. Bo'yi baland bokschi bilan birinchi marta jang qilayotganim yo'q. Hamma narsa ringda hal bo'ladi. Ko'p gap aytish mumkin, lekin ringga chiqqandan keyin gapirgan gapiga javob berish kerak. Mashg'ulotlar yaxshi bo'ldi. CHapaqay, bo'yi uzun bokschilar bilan sparring qildik. Jangga tayyorman. In SHaa Alloh, yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanib o'z yutimizda bayrog'imizni ko'taraman", - dedi MJ KAKA.
Sarvinoz Rahmonqulova suhbatlashdi
Fikrlar