10 okt 11:02
Yangiliklar
Futbol

Muxlislari Mourinyuni haqorat qilgani uchun "Portu" jarimaga tortildi
Muxlislari Joze Mourinyuni haqorat qilgani sababidan "Portu" klubi jazolandi.
Eslatib o'tamiz, "Portu"ning mamlakat chempionati 6-turi doirasida "Riu Ave"ga qarshi o'yini vaqtida "Portu" muxlislari Mourinyuni haqoratlovchi so'zlarni aytishgan. Bu holat 8-turdagi "Portu" - "Benfika" (0:0) bahsida ham takrorlangan.
Portugaliya tartib-intizom qo'mitasi ushbu holatni o'rganib chiqib, muxlislari Mourinyuni jiddiy haqorat qilgani va pirotexnika vositalaridan foydalangani uchun "Portu"ni 30 855 evro jarimaga tortgan.
Undan tashqari, muxlislar maydonga buyumlar uloqtirgani uchun klub yana 3190 evro to'laydi.
Havola :
Fikrlar