01 sen 17:59
Yangiliklar
Futbol
MYU Brunu Fernandeshni eng ko'p maosh oluvchi o'yinchisiga aylantirishga tayyor
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Brunu Fernandeshni jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishga shay turibdi.
Bu haqda “The Sun” xabar bermoqda.
31 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelgusi yili nihoyasiga etadi, biroq klubda uni yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.
"Manchester Yunayted" Fernandeshga yangi 1 yillik bitim taklif qilishi kutilmoqda, unga ko'ra uning maoshi haftasiga taxminan 350 ming funtni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda Fernandesh haftasiga taxminan 300 ming funt ishlab topmoqda.

Havola :
Fikrlar