25 okt 15:25
Yangiliklar
Futbol
MYU Brunu Fernandeshning transferidan qancha ishlab olishi malum
"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh kelasi yilning yozida boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
Unga "Al Hilol" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Saymon Stounning yozishicha, 31 yoshli yarim himoyachining shartnomasida xorij klublari uchun tovon puli 65 million evroni tashkil etadi. Uning shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan va yana bir yilga avtomatik ravishda uzaytirish imkoniyatini o'z ichiga oladi.
Transfermarkt Fernandeshning narxini 45 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda “qizil iblislar” etakchisi 9 uchrashuvda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda ham Saudiya jamoasi yarim himoyachiga taklif bilan chiqqandi, biroq Brunu Angliyada qolishga qaror qilgandi.

Havola :
Fikrlar