02 mar 08:58
Yangiliklar
Futbol
MYU tarixida hech bir murabbiy qilmagan ishni Maykl Kerrik uddaladi
"Manchester Yunayted" Maykl Kerrik qo'l ostida "Kristal Pelas"ni mag'lub (2:1) etdi.
SHu tariqa, ushbu mutaxassis "qizil iblislar" tarixida chempionatning dastlabki beshta uy o'yinida besh g'alaba qozongan birinchi murabbiy bo'ldi. Bu haqda Skuawka xabar bermoqda.
Ushbu seriyada "Manchester Yunayted" uyida "Arsenal' (3:2), "Manchester Siti" (2:0), "Fulxem" (3:2), "Tottenxem" (2:0) va "Kristal Pelas"ni mag'lub etgan.
Ayni vaqtda "Manchester Yunayted" 51 ochko bilan APLda uchinchi o'rinni egallab, turibdi. Keyingi turda Maykl Kerrik jamoasi 4 mart kuni safarda "Nyukasl" bilan o'ynaydi.

Havola :
Fikrlar