07 jan 17:39
Yangiliklar
MYU vaqtinchalik murabbiy masalasida Sulsher va Kerrik bilan uchrashuv o'tkazadi
MYU rahbariyati vaqtinchalik murabbiylikka nomzod bo'lib turgan Ole-Gunnar Sulsher va Maykl Kerrik bilan uchrashuvlar o'tkazadi.
Dushanba kuni "Manchester Yunayted" 2024 yilning noyabridan buyon jamoani boshqarib kelayotgan Ruben Amorimni istefoga chiqargan edi. Bugungi "Bernli"ga qarshi bahsda jamoani Darren Fletcher boshlab tushadi
The Athletic nashrining xabariga ko'ra, MYU mavsum yakuniga qadar vaqtinchalik murabbiy tayinlab, keyinchalik yangi mutaxassis borasida chuqur tahlil o'tkazmoqchi. Seshanba kungi muzokaralardan so'ng Sulsher asosiy favorit sifatida ko'rilmoqda, biroq yakuniy qaror nomzodlar bilan shaxsiy uchrashuvlardan so'ng qabul qilinadi. Fletcher esa MYU boshqaruvida kamida ikkita o'yin o'tkazishi kutilmoqda.
Fikrlar