24 jan 10:00
Yangiliklar
Futbol
Nani "Aktobe"da qancha maosh oladi?
Insayder Ivan Karpov "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Nani "Aktobe"da qancha maosh olishini malum qildi.
"Nani "Aktobe"da yiliga 840 ming dollar maosh oladi. MYU sobiq vingerining oylik maoshi 70 ming dollarga kelishilgan. SHartnoma 1 yil muddatga mo'ljallangan.
Agarda Naniga barchasi maqul kelsa, u nafaqat maydondagi vazifani, keyinchalik, klubning xalqaro rivojlanish yo'lidagi menejeri ham bo'lishi mumkin", - deb yozadi Karpov.
Ushbu yilda "Aktobe" Qozog'iston "Forbes"ida 44-o'rinda turadigan, 228 million dollar holatga ega Nurlan Artiqbaevga qarashli "Qazaq Stroy Properties" tomonidan sotib olingandi.
Nani 2024 yilda professional faoliyatini yakunlagandi. 2025 yil yozidan buyon u Rossiya media jamoasida faoliyat olib borayotgandi.

Havola :
Fikrlar