31 okt 14:23
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				 
				
			 
				"Napoli" MYUning yana bir futbolchisini olmoqchi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu - "Napoli" transfer maqsadlaridan biri.
			Kevin De Bryuyne jarohatidan so'ng Italiya klubining angliyalik futbolchiga bo'lgan qiziqishi kuchaydi.
Belgiyalik futbolchi taxminan 4 oy davomida maydonga tusha olmaydi. Bundan tashqari, Andre Zambo-Angissa bu qishda Afrika Millatlar Kubogiga ketishi mumkin, yani Antonio Konte yanvar oyida yarim himoyasini kuchaytirishi kerak bo'ladi.
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, "Napoli" Maynuni mavsum oxirigacha ijaraga olishga qiziqmoqda va kelishuvga sotib olish bandi qo'shilmaydi.
20 yoshli xavbek Ruben Amorim jamoasida muntazam o'yin amaliyotiga ega emasligidan norozi bo'lib, avgust oyida o'zini ijaraga berishlarini talab qildi, ammo "qizil iblislar" rahbariyati bu iltimosni rad etgandi.

            Havola            :         
             
			
Fikrlar