So’nggi yangiliklar

10:42Де Ла Хойя Ортиснинг фаолиятини барбод қилишда менежерни айблади 0 10:21Одилхон ва Ҳумоюн Тўхтамуродовнинг жанглари қайси спорт турида ўтказилиши маълум 0 10:00"Арсенал"нинг 11 футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди 0 09:39Жавоҳир Умматалиев Манчестерда ўтказиладиган Уордли - Дюбуа бокс оқшомида рингга кўтарилади 0 09:17Кими Антонеллининг ғалабали юриши Япония Гран-присида ҳам давом этди 0 08:54Бугун икки боксчимиз Осиё чемпионатида жанг қилади 0 08:29FIFA Series. Бугун Венесуэлага қарши майдонга тушамиз 0 08:04Mangu 2 Лигасининг марказий жангида қайси ҳамюртимиз иштирок этиши маълум бўлди 0 07:43Полина Кудерметова Чарльстон WTA 500 турнири асосий тўрига чиқди 0 07:22Жейк Пол рингга қайтиш муддатини айтди 0 07:01"Интер Майами" Каземиро билан музокараларни бошлади 0 22:10Жавоҳир Синдаров "Номзодлар турнири"ни ғалаба билан бошлади 0 20:36UFC Fight Nights 271 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум 0 20:15"Қудратли сичқонча" UFC Шон-шуҳрат Залига киритилади 0 19:54Жоржио Пуллас Арман Царукян билан MMA қоидалари бўйича жанг ўтказмоқчи 0

13 mar 15:51
Yangiliklar

Futbol

"Navbahor"ni yuta olmagan "Al Hilol" jahon rekordini yangilash uchun "Ayaks", "Bavariya", "Real", "Manchester Siti"dan o'tib ketdi

Xabaringiz bor, kecha OCHL 1/8 final javob bahsi doirasida "Al Hilol" klubi "Al Ittihod"ni safarda 2:0 hisobida mag'lub etdi.

SHu tariqa, Osiyo grandi barcha musobaqalarda ketma-ket g'alabali seriya bo'yich jahon rekordini yangilagani haqida xabar bergan edik.

“Al Hilol” jahon rekordini yangiladi

Xo'sh, riyodliklar bu yo'lda qaysi jamoalarning rekordlarini "urib" chiqishdi? Bu ro'yxatda Top klublar etarlicha.

Barcha musobaqalarda ketma-ket g'alabali seriya qayd etgan jamoalar:

1. "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), 2024 yil - 28ta g'alaba;

2. "Nyu Seints" (Uels), 2016 yil - 27ta g'alaba;

3. "Ayaks" (Niderlandiya), 1995 yil - 25ta g'alaba;

4. "SHaxtyor" (Ukraina), 2012 yil - 25ta g'alaba;

5. "Koritiba" (Braziliya), 2011 yil - 24ta g'alaba;

6. "Crvena Zvezda" (Serbiya), 2000 yil - 23ta g'alaba;

7. "Bavariya" (Germaniya), 2020 yil - 23ta g'alaba;

8. "Real Madrid" (Ispaniya), 2014 yil - 22ta g'alaba;

9. "Manchester Siti" (Angliya), 2021 yil - 21ta g'alaba;

10. "Fenerbahche" (Turkiya), 2023 yil - 21ta g'alaba.


"Al Hilol" jamoasi 2023 yilning sentyabr oyidan beri shu kungacha qaysi musobaqa doirasida rasmiy o'yin o'tkazsa hammasini o'z foydasiga hal qilib kelmoqda. Jorje Jezus shogirdlari mag'lub eta olmagan oxirgi ikki jamoadan biri o'zimizning "Navbahor" hisoblanadi. 2023 yilning 18 sentyabr kuni "Hilol" OCHL doirasida o'z maydonida Babayan boshchiligidagi "Navbahor" bilan qiyinchilik bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan edi. Keyin oradan 3 kun o'tib Saudiya chempionati doirasida "Damak" bilan ham 1:1 hisobida murosa ko'chasini tanlagan "Al Hilol" o'shandan beri yo'lidan chiqqanini er tishlatib kelmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing