14 jan 19:35
Yangiliklar
Nazorat o'yini. O'zbekiston U-19 Turkiyani mag'lub etdi
Qiziqarli va kurashlarga boy o'tgan o'yin vakillarimizning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob Abraev tomonidan ochildi. Ikkinchi golni esa Hakimov o'z nomiga yozdirib qo'yib, jamoamizning ustunligini mustahkamladi. Etiborli jihati, 58-daqiqada Dilshodbekov qizil kartochka olib maydonni tark etganiga qaramay, vakillarimiz qolgan vaqt davomida bir kishi kam bo'lib o'ynab, darvoza daxlsizligini saqlab qolishdi.
Nazorat o'yini
O'ZBEKISTON U-19 — TURKIYA U-19 2:0
Gollar: Abraev, Hakimov.
CHetlatish: Dilshodbekov (58).
O'zbekiston U-19 (boshlang'ich tarkib): SHokirov, SHorahmedov, Dilshodbekov, Hakimov, Musaxonov, Jumadullaev, Bobomurodov, SHukurullaev, Abraev, Saidaliev, Sersenbaev.
Zahiradan tushganlar: Abdutolipov, Ismatullaev, Erimbetov, Zokirjonov, Najmiddinov, Maratov, Abdusattorov, Tojiboev, To'laganov, Abdumannopov, Erkinov, Abdusalomov, Tojiev.
Fikrlar