So’nggi yangiliklar

19:02The Ring. Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида Хэйни биринчи ўринга кўтарилиб олди 0 18:40"Андижон" – "Арқадағ" беллашувини кувайтлик ҳакам бошқаради 0 18:17"Оқ уйда катта турнир режалаштирилган". Махачев кейинги жанги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:51Нодирбек Якуббоев Жаҳон кубогини 4-ўринда якунлади 0 17:39Царукян — Хукер ҳақида: "У қўрқоқ эмас, ҳақиқий жангчи" 0 17:1740 ёшли Криштиану Роналдунинг биологик ёши 28 да 0 16:45Царукян: "Пимблетт? Биринчи рақамли даъвогар менман" 0 16:16Топурия Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида: "Балки янги оралиқ вазн ташкил этилар" 0 15:49Жаҳон кубоги. Жавоҳир Синдаров финалда иккинчи партияни якунлади 0 15:23"Йилнинг энг яхши футболчиси" мукофоти учун номзодлар маълум 0 14:44The Ring: Канело P4P рейтингида кучли ўнликни тарк этди, Бивол ва Бетербиев пастлади (ТОП-10) 0 14:20"Махачевни нокаут қилган бўлардим" - Топурия 0 13:57UFC P4P рейтинги янгиланди, Арман Царукян кўтарилди 0 13:24Исроиллик футболчига Ўзбекистоннинг иккита жамоаси қизиқишмоқда 0 12:58Авазбек Холмирзаев кейинги жангини филиппинлик спортчига қарши ўтказади 0

17 dek 11:03
Yangiliklar

Boks/MMA

"Neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar kubogi"da ishtirok etgan bokschilarimiz O'zbekistonga qaytib kelishdi + FOTO

Teglar :  Boks
Xabar berib o'tganimizdek, 10-15 dekabr kunlari Rossiya Federaciyasining Xanti-Mansiysk shahrida neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar bokschilari o'rtasida xalqaro musobaqa tashkil etildi.

Mehnat Qahramoni Farman Qurban ogli Salmanov xotirasiga bag'ishlangan mazkur turnirda 23 mamlakat bokschilari ishtirok etishdi. 

Bellashuvlarda ishtirok etgan charm qo'lqop ustalarimiz musobaqa yakuniga ko'ra, 2 ta oltin, 2 ta kumush hamda 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi va umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi. Birinchi o'rinni mezbon Rossiya terma jamoasi egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka Qirg'iziston vakillari yakun yasashdi. 

Kecha mazkur musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari tomonidan kutib olindi. 

Eslatib o'tamiz, turnirda quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:

-57 kg: Fazliddin Kattaqulov (oltin)

+91 kg: Lazizbek Mullajonov (oltin)

-75 kg: Abu Nuranov (kumush)

-91 kg: Jamshid Abdullaev (kumush)

-63 kg: Aliyor Noraliev (bronza)

-81 kg: SHohrux Rustamov (bronza)

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing