31 avg 16:49
Yangiliklar
Futbol
Nega? "CHelsi" ALP va FIFA sabab bir transferni bekor qildi
"CHelsi" Deyvid Vashingtonning 21 mln. evro evaziga "Strasburg"ga transferini to'xtatdi.
Oldinroq, Franciya klubi ushbu mavsumlar oralig'ida o'zi uchun rekord bo'lgan 21 mln. evrolik transferni amalga oshirishi kutilayotgani aytilgan edi.
Malumotlarga ko'ra, APL va FIFA bitta mulkdorlar guruhiga tegishli bo'lgan klublar Clearlake Capital va Todd Bouli boshchiligidagi BlueCo konsorsiumi o'rtasidagi transfer haqida havotir bidirganidan keyin kelishuv bekor bo'lgan.
Diego Moreyraning avgustda "CHelsi"dan "Strasburg"ga o'tishi APL va FIFA tomonidan ko'rib chiqilayotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Londonliklar Vashingtonni 2023 yilning yozida "Santos"dan 16+4 mln. evroga sotib olgan edi. Forvard "ko'klar" safida uchta o'yin o'tkazdi.
Havola :
Fikrlar