05 noy 16:49
Yangiliklar
Futbol
Neymar jarohati haqida: "SHifokorlar meni ogohlantirishgandi"
"Al Hilol" hujumchisi Neymar OFK Elit CHempionlar Ligasi doirasida "Istiqlol"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Futbolchi 57-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan, ammo 86-daqiqada yana maydonni tark etgandi. Vaziyatlarning birida tezlik olgan braziliyalik sonida og'riq his qildi va buning natijasida o'yinni davom ettira olmadi.
Eslatib o'tamiz, Neymar tizzasidan jiddiy jarohat olib, 369 kunni lazaretda o'tkazgandi.
"Tomirlarim tortishib qolganini sezdim, og'riq juda kuchli edi. Tibbiy tekshiruvdan o'taman va umid qilaman-ki, boshqa jiddiy hech nima bo'lmaydi. Oradan bir yil o'tib, bu kabi holat yuz berishi normal, shifokorlar meni bu haqida ogohlantirishgandi. SHuning uchun, ehtiyot bo'lishim va ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishim kerak", - dedi Neymar.
Havola :
Fikrlar