18 noy 12:34
Yangiliklar
Futbol
Neymarning agenti futbolchining kelajagi haqidagi savolga javob berdi
"Al Hilol" futbolchisi Neymarning agenti Pini Zaxavi braziliyalikning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"Neymarning "Al Hilol"dan ketishi haqida hech qanday muzokaralar olib borilmadi. Uning saudiyaliklar bilan shartnomasi bor va u bu erda baxtli. Neymarning kelajagi borasida men va uning otasi aniq malumotga ega insonlarmiz. Uning "Santos"ga o'tishi haqida gap-so'zlar qaerdan chiqqanini bilmayman. Neymar "Al Hilol"da qoladi", — dedi Zaxavi.
Eslatib o'tamiz, Neymar 2023 yilning yozida "Al Hilol"ga ko'chib o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar