04 noy 12:53
Yangiliklar
Nigina Abduraimova juftlikda 1/2 finalga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi polshalik Paula Kaniya-CHodun bilan hamkorlikda yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Ular ilk davrada turnirning birinchi raqamli juftligi, ruminiyaliklar Monika Nikulesku va Elena Gabriela Ruseni taslim etishgan edi. CHorak final uchrashuvida esa britaniyalik tennischilar Jon-Baptiste Laurin va Eliz Maloni juftligi 6/4, 7/5 hisobida mag'lub etildi.
Ertaga Nigina va Paula final chiptasi uchun chexiyalik tennischilar - Miryam Kolodjedova hamda Marketa Vondroushovaga qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu uchrashuv bizning vaqt bilan 5 noyabr kuni soat 14:00da boshlanadi.
Fikrlar