06 noy 13:33
Yangiliklar
Tennis
Nigina Abduraimova juftlikda final ostonasida to'xtadi
Buyuk Britaniyaning SHropshir grafligi SHrusberi shahrida tennis bo'yicha ITF W100 turniri bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi polshalik Paula Kaniya-CHodun bilan hamkorlikda yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Afsuski, final chiptasi uchun kechgan uchrashuvda ular chexiyalik tennischilar - Miryam Kolodjedova hamda Marketa Vondroushovaga 3/6, 6/7(3) hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar