01 noy 10:33
Yangiliklar
Nigina Abduraimova SHrusberida o'z omadini sinab ko'radi
Mukofot jamg'armasi 100 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham o'z omadini sinab ko'radi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi 1/16 finaldan o'rin olgan uchrashuvini ertaga, 2 noyabr kuni yaponiyalik Misaki Doiga qarshi o'tkazadi.
Taqqoslash uchun, 28 yoshli Nigina WTA reytingida 173, 31 yoshli Misaki esa roppa-rosa 150-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ilk uchrashuvi bo'ladi va ertaga bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi.
SHuningdek, vakilamiz SHrusberi turnirining juftliklar bellashuvida ham ishtirok etadi. Nigina polshalik Paula Kaniya-CHodun bilan hamkorlikda ilk davrada turnirning birinchi raqamli juftligi, ruminiyaliklar Monika Nikulesku va Elena Gabriela Rusega qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar