06 avg 09:23
Yangiliklar
Nihoyat! UFC Arman Carukyanning jangini rasman elon qildi + POSTER
U ko'pchilik kutganidek, braziliyalik CHarlz Oliveyra bilan emas, balki uning vatandoshi Maurisio Ruffiga qarshi jang o'tkazadi. Engil vazn toifasi etakchilari o'rtasidagi ushbu to'qnashuv raqamli turnirning ikkinchi asosiy jangi sifatida rasman elon qilindi.
Malumot uchun, 29 yoshli Arman Carukyan beshta g'alabali seriya qayd etmoqda. U o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida o'tkazib, yangi zelandiyalik Den Hukerni ikkinchi raundda "uchburchak" bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan edi.
30 yoshli Maurisio Ruffi o'tgan yilning sentyabr oyida tashkilotdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgan (franciyalik Benua Sen-Deni tomonidan bo'g'ish usuli bilan mag'lub etilgan), biroq shundan so'ng ikki bor muddatidan avval g'alaba qozonib, ozarbayjonlik Rafael Fiziev va amerikalik Maykl CHendlerni texnik nokaut evaziga taslim etgan.
Ayni damda Carukyan va Ruffi UFC engil vazn toifasi meta-reytingida mos ravishda ikkinchi va o'ninchi o'rinlarni egallab turibdi. Matbuot tomonidan tuzilgan divizionning eng yaxshi jangchilari ro'yxatida esa ular mos ravishda ikkinchi va ettinchi pog'onalarda qayd etilgan.

Fikrlar