So’nggi yangiliklar

21:34Хоккей. Гампр жаҳон чемпионатининг расмий маскоти бўлади 0 19:23Аморим Брунуга "Реал" томонидан қизиқиш бўлаётганига муносабат билдирди 0 19:02Эдди Хирн Дмитрий Биволнинг эҳтимолий рақибини айтди 0 18:39WBC президенти Бивол ва Бенавидес жанги бўйича музокаралар ҳақида гапирди 0 18:30Хоккей. Арманистон ва Чехия термалари куч синашди 0 18:17Саудия Арабистони клублари Винисиусга Роналдуникидек шартнома таклиф қилмоқда 0 17:52Забит Магомедшариповнинг ММА'га қайтиши ҳақида хабарлар тарқалди 0 17:28PFL асосчиси Усик ва Пол ўртасида жанг ўтказиш ғоясини илгари сурди 0 17:02Леннокс Льюис фаолятидаги энг қийин рақиб кимлигини айтди, бу Майк Тайсон эмас 0 16:40Холанд учун мавсум якунланди 0 16:19Конор Магрегор: "Июнь ойида Алькатрас қамоқхонасида жанг қилишим мумкин эди, лекин..." 0 15:59FIDE рейтинги янгиланди, Абдусатторов кучлилар қаторида, ТОП-100'да 5 нафар ҳамюртимиз бор 0 15:35Эдди Хирн: "Супер оғир вазннинг ҳозирги юлдузи Жошуа, чунки Фьюри нафақада" 0 15:14Бокс бўйича Жаҳон кубогида бугун 3 нафар ҳамюртимиз рингга кўтарилади 0 15:02«Манчестер Сити»нинг уч нафар ярим ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этади 0

15 iyu 10:46
Yangiliklar

Bolalar sporti

Nima uchun jismoniy tarbiya o'qituvchilari va sport maktablari murabbiylarining ish haqi o'rtasida tafovut bor?

Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, xalqaro sport maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tayyorlash maqsadida muhim vazifalar belgilab berilmoqda.

Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Anvar MURSAKULOV O'zA muxbiri bilan suhbatda mazkur vazifalarni amalga oshirishda poytaxtimizda qilinayotgan ishlar haqida gapirib berdi.

– O'tgan bir yarim yilda sohaga oid 4 ta Prezident qarori, ular asosida Vazirlar Mahkamasining 20 ga yaqin meyoriy-huquqiy hujjatlari qabul qilindi. Toshkent shahri tumanlarida Jismoniy tarbiya va sport bo'limlari tashkil etildi, – deydi A.Mursakulov. – Bugungi kunda boshqarmamiz tasarrufida Toshkent shahar oliy sport mahorati maktabi, yakkakurash, gimnastika, suv sporti, engil atletika va sport o'yinlariga ixtisoslashtirilgan hamda 19 bolalar-o'smirlar sport maktabi kabi 24 davlat sport-talim muassasasi mavjud. Ular tasarrufida esa 38 sport inshooti faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, sport mashg'ulotlarini tashkil etishda umumtalim maktablarining sport zallaridan ham unumli foydalanilmoqda.

Bugungi kunda 1 ming 337 sport sekciyasida 6-18 yoshdagi 15 ming 700 ga yaqin o'g'il-qiz sport bilan shug'ullanadi.

– Bu yoshlarning xalqaro sport musobaqalarida ishtiroki haqida ham to'xtalsangiz.

– 2018 yilning 18 avgust – 3 sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o'tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o'yinlarida Toshkent shahridan 21 sportchi 4 oltin, 12 kumush va 5 bronza, III Paraosiyo o'yinlarida esa 9 sportchimiz 9 oltin, 3 kumush va 4 bronza medalni qo'lga kiritdi.

O'tgan yili 6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan III Olimpiya o'yinlarida Toshkent shahridan 3 sportchi 1 kumush va 2 bronza medal sohibi bo'ldi.

Joriy yilning 19-26 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha o'smirlar va ayollar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida Toshkent shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Nodirjon Mirzaahmedov faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

– Barchaga malum, xalqaro musobaqalarda ishtirok etayotgan terma jamoamiz asosiy tarkibini poytaxtlik sportchilar tashkil etadi. Buni qanday izohlaysiz?

– Buning asosiy sababi, ko'p sport federaciya va associaciyalarining markaziy bazasi Toshkentda joylashganida. Lekin terma jamoaga munosiblar mamlakat miqyosida o'tadigan musobaqalarda saralanadi. Demak, terma jamoalarda nafaqat toshkentlik, balki viloyatlardan kelgan sportchilar ham kam bo'lsa-da, bor.

– Yoshlarimizning sport bilan shug'ullanishi borasida gap ketganida, ayting-chi, poytaxtda ham muammolar bormi?

– Toshkentda basketbol, voleybol, gandbol sport musobaqalarini o'tkazishga mo'ljallangan zamonaviy sport inshootlari etishmaydi. Bu esa sportning ana shu turlarini ommalashtirishga to'siq bo'lib turibdi.

Eng asosiy muammolardan biri, bu – umumtalim maktablari jismoniy tarbiya o'qituvchilari va sport maktablari trenerlarining ish haqi o'rtasida tafovut mavjudligi. Bu barcha hududlarga tegishli muammo, deyish mumkin.

Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisining oylik maoshi o'rtacha 1,4 million so'm bo'lgani holda, murabbiylarning maoshi 900 ming so'm atrofida. 2018/2019 o'quv yilida 31 malakali murabbiy umumtalim maktablariga jismoniy tarbiya o'qituvchisi bo'lib ishga o'tib ketdi. Natijada 380 nafardan ziyod o'g'il-qizimiz sport bilan tizimli ravishda shug'ullanishdan to'xtab qoldi.

Bu muammoning echimi – sohadagi xodimlar oylik maoshi miqdorini qayta ko'rib chiqish, oylik maoshining bazaviy miqdorini kamida ikki barobarga oshirish bo'yicha qaror qabul qilish, deb hisoblaymiz.

SHuningdek, sport maktablarida oliy malumotli murabbiylarga, ayniqsa, ommaviy sport turlari bo'yicha (basketbol, voleybol, gandbol, engil atletika) trener-o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.

Umumtalim maktablarining sport zallari va bolalar-o'smirlar sport maktablariga so'nggi 3-4 yil mobaynida hech qanday sport jihozlari ajratilmagan. Misol uchun, o'yinli sport turlarini tashkil etishda futbol, basketbol, voleybol, gandbol to'plariga, shaxmat-shashka, stol tennisi kabi sport turlari inventarlariga ehtiyoj katta. SHu bilan birga, yakkakurash sport turlarini rivojlantirish uchun kurash gilamlari etishmaydi.

– Toshkentda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish uchun qanday ishlar amalga oshiriladi? Rejalar bormi?

– Bu yil yakuniga qadar yoshlarimizning yana 20 foizini, katta yoshdagi aholimizning esa yana 30 foizini jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlariga qamrab olishni maqsad qilganmiz. Demak, 51 mingga yaqin o'g'il-qiz sport mashg'ulotlariga jalb qilinadi.

Albatta, ularga murabbiy ham kerak. SHu maqsadda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bitiruvchi talabalaridan 80 dan ziyodini sport maktablariga ishga taklif qilmoqchimiz. Qo'shimcha ravishda yana 400 ga yaqin sport sekciyasi faoliyatini yo'lga qo'yamiz.

Yana bir gap. Yoshlarimizning sportga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni, Osiyo va jahon chempionlari, Olimpiya o'yinlari g'oliblarini sport maktablari, to'garaklarga biriktirayapmiz. Madaniyat va istirohat bog'larida 14 havaskor sport klubi, jamoat birlashmalari tashkil etilgan.

Sport inshootlari moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida bolalar-o'smirlar sport maktablarining bo'sh turgan hududlarida davlat-xususiy sheriklik asosida mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda suniy qoplamali futbol maydonlari, engil konstrukciyali sport zallari qurilishi rejalashtirilgan.

Ishonamizki, bu kabi chora-tadbirlar natijasida ko'zlagan maqsadimizga erishamiz.

 O'zA muxbiri Javohir TOSHXO'JAEV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing