16 sen 11:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Inoue - Ahmadaliev jangidagi zarbalar statistikasi elon qilindi
Compubox tahliliy tizimi ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue va o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev o'rtasidagi jangdan zarbalar statistikasini taqdim etdi.
14 sentyabr kuni o'tkazilgan jang to'liq 12 raund davom etib, unda Inoue 118-110 (x2) va 117-111 hisobida g'alaba qozongandi.
Compubox statistika malumotlariga ko'ra, yaponiyalik bokschi zarbalar soni bo'yicha hamyurtimizni sezilarli darajada ortda qoldirgan.
Inoue jang davomida 585 ta zarba bergan, shundan 141 tasi aniq, Ahmadaliev hisobida esa 376 ta zarba, 62 tasi aniq.
Havola :
Manba : Compubox
Fikrlar